Barchasi: 150.000 so'm
English
  • delishithink@gmail.com
  • Bepul yetkazib berish

Jo’xorili tovuq kotleti


Tarif

Ushbu oddiy va tez tayyor bo’ladigan retsept odatiy taomnomangizni boyitishga yordam beradi. Makkajo’xori tovuq go’shti bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.Bunday kotletlarni istalgan garnir yoki sabzavotli salat bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

1.000

1-qadam

Tovuq filesini go'sht maydaligichda maydalaymiz yoki pichoqda mayda qilib to'g'raymiz.

Maslahat: to'g'ralgan go'shtdan tayyorlangan kotletlar sersuvroq bo'lib chiqadi.

2-qadam

Motsarella yoki istalgan boshqa pishloqni qirg'ichning kata tishidan o'tkazamiz.

3-qadam

Tuxum va smetanani sanchqi yordamida ozroq ko'pirtirib, un, tuz va murch solamiz.

4-qadam

So'ngra hosil bo'lgan xamirga motsarella, mayda to'g'ralgan shivit va tovuq go'shtini solamiz. Yaxshilab aralashtirib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 1 soatga muzlatgichga yuboramiz.

5-qadam

So'ngra hosil bo'lgan xamirga motsarella, mayda to'g'ralgan shivit va tovuq go'shtini solamiz. Yaxshilab aralashtirib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 1 soatga muzlatgichga yuboramiz.

6-qadam

Tovaga yog' solib, o'rtacha olovda qizdiramiz.

Xamirni 1 osh qoshiqdan solib, ikki taraflama 3 daqiqadan qovuramiz. Kerak bo'lsa 1-2 daqiqaga qopqog'ini yopib pishiramiz.

Tayyor kotletlarni smetana bilan dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

author-img

Durdona Salimova